Antuan Grizmann oilasida to‘rtinchi farzand dunyoga keldi.
"Atletiko" hujumchisi ijtimoiy tarmoqlarda qiz farzandli bo‘lganini ma’lum qildi.
"15 iyun kuni bizning rebusimizda yetishmayotgan Shay Grizmann Choperena tug‘ildi," - deb yozadi Grizmann.
Grizmann va uning rafiqasi Erik Choperena allaqachon uch farzandni - qizlari Miya va Alba va o‘g‘li Amaroni tarbiyalamoqda. Er-xotinning barcha katta farzandlari bir kunda - 8 aprelda tug‘ilgan.













