Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Hasanboy Do‘smatov professional boksda jang qiladi

Hasanboy Do‘smatov professional boksda jang qiladi

Baho:
+3 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 20 iyul kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.

Unda hamyurtimiz boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov o‘zining yettinchi jangini o‘tkazadi. Boks oqshomida charm qo‘lqop ustamizga professional ringda 8 ta bellashuv o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchramagan filippinlik Richard Laspona qarshilik ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, H.Do‘smatov shu kunga qadar professional boksda jami 6 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Hasanboy so‘nggi jangini 2023 yilning noyabr oyida Rossiyada o‘tkazgan va unda JAR vakili Sipxamandla Baleni ustidan ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchgan edi.

Kiritildi: 23:19, 17.06.2025.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик