Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

"Al-Hilol" Dibalaga KO‘JCHda ishtirok etish uchun oyiga 10 million yevro taklif qildi

"Al-Hilol" Dibalaga KO‘JCHda ishtirok etish uchun oyiga 10 million yevro taklif qildi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi Italiyaning "Roma" jamoasi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibalaga 2025 yili AQSHda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoa safida ishtirok etish uchun oyiga 10 million yevro taklif qilgan. Bu haqda jurnalist Sesar Luis Merlo X ijtimoiy tarmog‘ida (avvalgi Twitter) xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi ushbu miqdordagi maoshni "Al-Hilol" safida bir oylik ishtirok uchun qo‘lga kiritishi mumkin edi. Mazkur klub KCHMning "H" guruhida Madridning "Real", Avstriyaning "Red Bull" va Meksikaning "Pachuka" klublariga qarshi o‘ynaydi. Ma’lum qilinishicha, Dibala bu taklifni rad etgan.

Paulo Dibala 2022 yil yozida "Roma"ga o‘tgan. Yakunlangan mavsumda u A Seriyada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:59, 17.06.2025.
O'qildi: 2598 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик