"Barselona" "Monako"ning o‘ng qanot himoyachisi Vandersonga taklif tayyorlamoqda.
"Ko‘k-anorranglilar" anchadan buyon braziliyalik futbolchiga da’vogarlar qatorida tilga olinib kelayotgandi va endi aniq harakatga o‘tmoqchiga o‘xshaydi. Jurnalist Valentin Furlani ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya grandi Vanderson bo‘yicha 30 mln yevrolik taklif berishni rejalashtirmoqda - "Monako" aynan shuncha futbolchini baholamoqda. Futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirayotgandi, ammo hozircha hech kimdan rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q.
O‘tgan mavsumda Vanderson "Monako" safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 23 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasi safida 7 marta maydonga tushgan.













