Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

"Qizilqum" bosh murabbiyi: "Andijon" O‘zbekistondagi yaxshi jamoalardan biri"

"Qizilqum" bosh murabbiyi: "Andijon" O‘zbekistondagi yaxshi jamoalardan biri"

Baho:
+ | -

"Andijon" – "Qizilqum" (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining ilk qismida mehmonlarning vaqtincha bosh murabbiyi Akmal Rustamov qatnashdi.

- O‘tgan turdagi uchrashuvdan keyin biz uchun tayyorgarligimizga vaqtimiz kam edi. Shunga qaramay, uch kun oldin Andijonga kelib tayyorgarlik olib bordik. Yigitlarga Andijon havosi, iqlimiga moslashishiga sharoit yaratdik. "Andijon" O‘zbekistondagi yaxshi jamoalardan biri. Ayniqsa, o‘z uyida muxlislari oldida yaxshi futbol namoyish qiladi. Biz buni bilardik. Ishqibozlari 12-o‘yinchisi. Shunga qaramay, futbolchilarimga rahmat aytaman. O‘tgan o‘yinda taktikamizda biroz o‘zgarish qildik. Ayrim xatolar bor, buning ustida ishlashimiz kerak. O‘z jamoamni qo‘lga kiritgan bir ochko bilan tabriklamoqchiman. Yigitlar o‘yinga qo‘yilgan ko‘rsatmalarni 100 foiz bajarishgani uchun minnatdorman. Navoiydan kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat.

- "Qizilqum" jamoasi beshta himoyachi bilan o‘ynadi. Bu sizni taktikangizmidi?

- Xuddi shunday. Nikola Lazarevich ishlagan paytda 4-1-4-1 sxemasida o‘ynayotgandik. Bilasizlar, hozirda 4-5 ta yo‘qotishlarimiz mavjud. Oldinga uchrashuvda Shaxzod Rahmatullaev ham jarohat oldi. Shunga qaramasdan o‘tgan turda taktik sxemani o‘zgartirishga majbur bo‘lgandik. Futbolchilarga ham bu taktik sxema yoqyapti. O‘yin paytida bu 2-3 ta sxemaga aylanadi. Hujumga chiqqan paytimizda 2-3 ta hujumchi bo‘ladi. Orqaga o‘tgan paytimizda 5 ta himoyachi sxemasiga o‘tamiz. "So‘g‘diyona" bilan bahsda buni sinab ko‘rdik. Ushbu taktika ustida yana ishlaymiz. Xudo xohlasa, natija bo‘ladi.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni qanchalik kuchaytira oldilar?

- Yana qaytaraman, 5-6 ta yo‘qotishimiz bor. Yoshlarga ishonch bildiryapmiz va bu yo‘lda davom etamiz. Navoiyning akademiyasidan, maktabidan chiqqan bolalarimiz bor. Ularga ishonamiz va moslashib ketishlari uchun vaqt kerak. Yoshlarga ishonch bildirmasak zaxirada o‘tiraveradilar. Ishonch bildirib, necha daqiqa bo‘lsa ham har uchrashuvda maydonga tushirsak moslashib ketishiga ishonchim komil.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 02:50, 20.06.2025.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик