Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Maksim Sharskix: "Ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytdim"

Maksim Sharskix: "Ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytdim"

Baho:
+ | -

"Andijon" – "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix ishtirok etdi.

- O‘yin haqida umumiy aytadigan bo‘lsam, oldingi turda "Buxoro"ga qarshi o‘yin kartinasidek ketdi. O‘yindan avval futbolchilar bilan gaplashgandik, ammo ko‘p narsa rejamizdek bo‘lmadi. Buni tahlil qilib chiqamiz. Afsuski, reja asosida harakat qilmayapmiz. Ikkinchi taymda o‘zgarishlar bo‘ldi. Yigitlar boshqacha harakat, boshqacha azart bilan o‘ynadilar. Yechinish xonasida futbolchilarga ikkinchi taym uchun rahmatimni aytdim. Agar o‘yinlar chog‘ida xuddi bugungi ikkinchi taymdagi kabi o‘ynaydigan bo‘lsak, kerakli ochkolarni qo‘lga kiritamiz. Bir qator epizodlarda o‘xshamadi. Bu futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Darvoza ustuni va to‘sinlari ham futbolning bir qismi. Kutilgan va kutilmagan holatlar bo‘lib turadi. Biz yaratayotgan vaziyatlardan foydalanishimiz kerak. Aks holda natija bo‘lmaydi. Gol bo‘lmasa g‘alaba ham bo‘lmaydi. 

- Zaxiradan maydonga tushirgan yosh o‘yinchilarning o‘yinidan qoniqdingizmi?

- Albatta, ularning o‘yinidan mamnunman. Bu yigitlar biz bilan FIFA kunlarida Tojikistondagi yig‘inda qatnashishgan. Ular iqtidorli futbolchilar. Iloji boricha imkoniyat berishga harakat qilamiz. Lekin hozirgi paytda bizning tarkibimiz xuddi falokatli holatda. Zaxira o‘rindig‘imizda asosan yosh o‘yinchilar o‘tirishibdi. Ulardan maksimal darajada foydalanamiz. 19, 20, 21 yoshli futbolchilarga imkon qadar imkoniyat taqdim qilamiz. 

- "Andijon" ikki ochko yo‘qotdimi yoki bir ochko oldimi?

- Epizodlar yaratish, o‘yin tashkil qilish bo‘yicha "Buxoro" va bugungi uchrashuvni solishtirganda 4 ochko yo‘qotdik.

- Uch nafar legioner jamoa bilan xayrlashdi. Bu haqida munosabatingiz qanday?

- Bir narsa deya olmayman. Ketganini sababini o‘zlaridan so‘rash kerak. Men hech kimni ketkazganim va haydaganim yo‘q. Ular o‘zlari ketishdi. Albatta, yangi o‘yinchilar topamiz. Yana ikkita tur qoldi. Shundan so‘ng yangi futbolchilar olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Sifatli va tajribali ijrochilarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 02:52, 20.06.2025.
O'qildi: 6927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик