Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

“Botafogo” bosh murabbiyi: "PSJ"ni o‘z quroli bilan mag‘lub etdik

“Botafogo” bosh murabbiyi: "PSJ"ni o‘z quroli bilan mag‘lub etdik

Baho:
+ | -

“Botafogo” bosh murabbiyi Renato Payva klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida “PSJ” ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi. 

"Biz "PSJ"ni o‘z quroli bilan mag‘lub etdik - yakka birlik bo‘lib o‘ynadik. Hammamiz birgalikda hujum qildik, birga himoyalandik.

Menimcha, parijliklarning siri shu – ular nafaqat individual, balki jamoa sifatida ham kuchli.

Bugun biz buni takrorlay oldik va hato ortig‘i bilan bajardik. Uchrashuvdan oldin yigitlarga aytdim: bir jamoa bo‘ling, o‘yindan zavq oling, bir-biringiz uchun ishlang va ular buni maydonda qilishdi.

Biz futbolchilarimizning sifatini oshirib boramiz. Ushbu g‘alaba Braziliya futbolini rivojlantirayotgan barcha mutaxassislar mehnatining ko‘zgusidir", - deya Payvaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Kiritildi: 10:48, 20.06.2025.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик