Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

FIFA texnik departamenti vakili Toshkentda

FIFA texnik departamenti vakili Toshkentda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida murabbiylar ta’limi sifatini oshirish, instruktorlar tayyorlash, murabbiylik kurslarini zamonaviy metodika asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, zamonaviy futbolda murabbiylar ta’limining tutgan o‘rni, ushbu yo‘nalishdagi jahon tendensiyalari va innovasion yondashuvlar haqida fikr almashildi. Uchrashuvda murabbiylik tizimini yanada takomillashtirish orqali ommaviy va professional futbolni bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni mamlakatimizda samarali amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Terma jamoalar qayd etayotgan natijalar zamirida murabbiylar ta’limi alohida o‘rin egallashi qayd etildi. Shu bilan birga, Yuqori Chirchiq tumanida m barpo etiladigan zamonaviy futbol markazida futbol sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyat yuritishi, u yerda ko‘plab murabbiy va instruktorlar tayyorlash rejalashtirilgani haqida ma’lum qilindi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishda oldinda turgan loyihalarni muhokama qilib, o‘zaro uzoq muddatli samarali hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 13:23, 20.06.2025.
O'qildi: 405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик