Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yozda kamida 2-3 futbolchini olib kelamiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yozda kamida 2-3 futbolchini olib kelamiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turi doirasida "Mash’al" — "Nasaf" bahsi yakunlanganidan keyin mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

— G‘alabaga erishdik, bu biz uchun juda muhim edi. Safarda uch ochko olish jadvalda yaxshi ta’sir qiladigan narsa. Shu sababli bugun yigitlarimiz g‘alaba uchun o‘ynadi. O‘yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo‘limda o‘yindagi nazoratimiz ham yaxshi edi. Ikkinchi bo‘lim boshida tashabbusni "Mash’al"ga berib qo‘ydik. Shuning evaziga gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramasdan jamoamda o‘ziga bo‘lgan ishonchi bor edi. O‘zgarishlar va taktik yurishlarimiz ish berdi va bugun g‘alabani qo‘lga kiritdik.

— Umar Eshmurodovning ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishiga ko‘p xato qilayotgani sabab bo‘ldimi?

— Birinchi bo‘limni jarohat bilan tugatdi. Kiyim almashtirish xonasiga borganimda u o‘ynashga qiynalayotganini aytdi. Uni majburlamadik. Majburiy almashish bo‘ldi.

— Islom Kenjaboyev bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Uning ketishi kutilganmidi?

— U bir yil davomida jarohati sababli o‘ynamadi va jarohatini davoladi. Shu bilan birga klub bilan bo‘lib turdi. Tuzalganidan keyin o‘yinlarga sekin-sekin jalb qilib, jismoniy holatini tiklab olishimiz kerak edi. Lekin u ko‘proq o‘ynashni xohladi. Shu uchun ketishga qaror qildi. O‘zaro kelishgan holda Kenjaboyevga omad tiladik.

— Davralar oralig‘i yaqin. Jamoa tarkibida o‘zgarishlar bo‘ladimi? "Nasaf"da ham kamchiliklar ko‘rindi va buni yopishga harakatlar bo‘lsa kerak.

— Bu jarayon ketmoqda. Ayrim nuqtalar bo‘yicha 2-3ta futbolchi olishni rejalashtiryapmiz. Agarda bu amalga oshsa, biz jamoaning o‘yinin kuchaytira oladigan futbolchilarni chaqirmoqchimiz.

— Aynan qaysi pozisiyalar?

— Buni aytmay qo‘yaqolay. Lekin rejamizda kamida 2-3 futbolchi bor.

— Ular legionermi yoki mahalliy futbolchi?

— Legioner ham bor, mahalliy ham. Lekin ko‘proq e’tiborimiz legionerlarga qaratilgan. Balki bu amalga oshsa, hammaga yetkazamiz.

— OAVda Aziz G‘aniyevning "Nasaf"ga qaytishi borasida xabarlar chiqdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

— Aziz bo‘yicha hech qanday gap yo‘q. Uning klubi bilan yaxshigina shartnomasi bor, menimcha u bu yerga endi qaytmasa kerak.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 05:38, 21.06.2025.
O'qildi: 1149 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик