Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan AQSHdagi ob-havo haqida gapirdi.
"Vaziyat shunday, ob-havo haqida gapirish hech narsani o‘zgartirmaydi. Bahona qilmasdan, muammolarni hal qilishimiz kerak. Ammo vaziyat, shubhasiz, yaxshi emas," - dedi ispaniyalik bosh murabbiy matbuot anjumanida.













