Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “SHo‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “SHo‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 13-turi doirasida navbatdagi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi “Jar” stadionida “Paxtakor” jamoasi “Qo‘qon-1912”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘uzorda esa “Sho‘rtan” “Surxon”ni 2:1 hisobida yengdi.

Toshkentdagi uchrashuvning hisobini 17-daqiqada Diyor Xolmatov ochdi. U ajoyib kombinasion hujum yakunida to‘pni darvozaga yo‘llab, “Paxtakor”ni oldinga olib chiqdi.

O‘yin yakuniga yaqin — 90+5-daqiqada Brayan Riaskos raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy natijani belgiladi — 2:0. Ushbu g‘alaba evaziga “Paxtakor” o‘z ochkolari sonini 22 taga yetkazib, turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Qo‘qon-1912” esa 12 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.

G‘uzorda kechgan o‘yin ancha qizg‘in boshlandi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Humoyun Sherbo‘tayev hisobni ochib, “Surxon”ni oldinga olib chiqdi — 0:1.

34-daqiqada mehmonlar bir o‘yinchidan mahrum bo‘ldi. Sunnat Hamidjonov hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi. Ushbu vaziyatdan keyin mezbonlar tashabbusni o‘z qo‘liga oldi.

Birinchi bo‘limning 45+2-daqiqasida G‘anisher Qodirov hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida esa Abror Toshqo‘ziyev “Sho‘rtan”ning g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Ushbu natija o‘yinning oxirigacha o‘zgarmadi. “Sho‘rtan” 3 ochkoni qo‘lga kiritib, ochkolar sonini 9 taga yetkazdi. Shunga qaramay, jamoa turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida qolmoqda. “Surxon” esa 14 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston Superligasi

13-tur

22 iyun, yakshanba

“Paxtakor” — “Qo‘qon-1912” 2:0
Gollar: 1:0 — Diyor Xolmatov (17), 2:0 — Riaskos (90+5).

“Sho‘rtan” — “Surxon” 2:0
Gollar: 0:1 — Humoyun Sherbo‘tayev (7), 1:1 — G‘anisher Qodirov (45+2), 2:1 — Abror Toshqo‘ziyev (66).

Kiritildi: 23:17, 22.06.2025.
O'qildi: 2155 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.