"Liverpul"ning yangi futbolchisi Jeremi Frimpong "Bayer"dan kelgan jamoadoshi Florian Virts haqida fikr bildirdi.
"Virts? Bu mening ukam. U g‘olib - juda, juda o‘ziga xos o‘yinchi va aql bovar qilmaydigan mehnatkash. Ligada uni yaxshi ko‘rib qolishadi. Men ko‘p gapirishimga hojat yo‘q, shunchaki uni tomosha qiling. U bosim ostida yorilib ketmaydi, aksincha uni yaxshi ko‘radi. U sizni yana futboldan zavqlantiradigan odam", - dedi Frimpong.













