Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniyada Morata va uning oilasiga tahdid qilgan muxlis qo‘lga olindi

Ispaniyada Morata va uning oilasiga tahdid qilgan muxlis qo‘lga olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ispaniyada terma jamoa hujumchisi Alvaro Morata va uning oilasiga tahdid qilgan 19 yoshli muxlis qo‘lga olindi.

Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda. Voqea Millatlar ligasi doirasidagi Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng yuz bergan. Morata 11 metrlik nuqtadan berilgan zarbalardan birini golga aylantira olmadi, shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda unga tahdidlar yog‘ila boshladi.

Foydalanuvchilardan biri o‘yinchi va uning yaqinlariga tahdidlar bilan xabar qoldirgan. Ko‘p o‘tmay uning o‘zi polisiya bo‘limiga kelib, akkaunti buzib kirilganini aytgan. Biroq bu versiya o‘z tasdig‘ini topmadi.

Yigitga nisbatan "Qo‘rqitish va yolg‘on axborot tarqatish" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 11:08, 25.06.2025.
O'qildi: 649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик