Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Dinamo» - «Bunyodkor» o‘yinida stadionga kira olmagan muxlislar murojaati bo‘yicha «Dinamo» PFK bayonoti

«Dinamo» - «Bunyodkor» o‘yinida stadionga kira olmagan muxlislar murojaati bo‘yicha «Dinamo» PFK bayonoti

Baho:
+ | -

Superliga 13-turi doirasida 23 iyun, dushanba kungi «Dinamo» - «Bunyodkor» (0:3) o‘yinida Samarqanddagi «Dinamo» stadioni liq to‘lgach, 2 mingdan ortiq tomoshabin o‘yingoh tashqarisida qoldi, ular orasida chiptasi bor o‘nlab muxlislar ham bor edi.

"O‘yingacha «Dinamo» stadioni muxlislar bilan deyarli to‘lgach, asosiy kirish darvozasi oldida yuzlab muxlislar to‘planib qoldi. Soat 19:45 atrofida olomon o‘yingohga kirish ilinjida tartibsizlik chiqardi va juda ko‘p chiptasiz muxlislar ham stadionga kirib ketish holati kuzatildi. Shuningdek, aksariyat ishqibozlarning panjaralar ustidan va turli yo‘llar bilan stadionga kirib olishi holatlari qayd etildi. Buning oqibatida chiptasi bor bo‘lgan va o‘yin boshlanishi arafasida stadionga kelgan o‘nlab muxlislar ham stadionga kira olishmadi. Sababi stadion muxlislar bilan liq to‘lgach, tartibni saqlash xodimlari yordamida xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘yingoh darvozalari to‘liq yopib qo‘yildi. Tanaffusda esa chiptasi bor aksariyat muxlislar stadionga kiritildi.

Shunga qaramay, aksariyat muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda sotib olingan chipta bilan ham o‘yinga kira olmaganliklari haqida murojaatlar yo‘llashdi. O‘sha chipta bilan 2 iyul kuni «Dinamo» - «Neftchi» uchrashuviga kirishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, «Dinamo» PFK chiptalar sotuvi bilan klub emas, «Dinamo» stadioni ma’muriyati shug‘ullanishini ma’lum qiladi", - deyiladi klub bayonotida.

Manba: «Динамо» ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 18:02, 25.06.2025.
O'qildi: 1882 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик