"Manchester Siti" futbolchisi Klaudio Echeverri bo‘lajak o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
19 yoshli argentinalik futbolchi "shaharliklar" safidagi debyut golini yaqinda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida "Al-Ayn"ga qarshi o‘yinda (6:0) urib, jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.
O‘yin tugashiga ko‘p o‘tmay, hujumkor yarim himoyachi to‘pig‘idan olgan jarohati sabab safdan chiqdi. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida e’lon qilganidek, endi u ikki haftadan uch haftagacha maydonga tusha olmaydi.
Payshanba kuni “Manchester Siti” jahon chempionati guruh bosqichining 3-turi doirasida “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi.













