Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Perishich "Barselona"ga kelmaydigan bo‘ldi

Perishich "Barselona"ga kelmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" Xans-Diter Flikning sevimli futbolchisi ekanligi aytilayotgan vinger Ivan Perishichga qiziqish bildirmoqda. Biroq, "blaugrana" hozirda "Atletik"dan Niko Uilyams bilan shartnomani yopishga e’tibor qaratmoqda. Perishich esa PSVda qolishga qaror qildi.

Fabrisio Romanoning yozishicha, 36 yoshli Perishich PSV bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash arafasida. Xorvatiyalik futbolchi ikki yillik yangi shartnoma shartlarini allaqachon qabul qilgan. Faqat kichik tafsilotlarni aniqlashtirish va barcha hujjatlarni imzolash qoladi.

Ivan Perishich o‘tgan yilning sentyabrida PSVga kelib qo‘shilgandi. O‘shandan beri tajribali xorvatiyalik futbolchi 35 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:53, 26.06.2025.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик