Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Shaxmatchi Garri Kasparov davlat to‘ntarishini tayyorlashda ishtirok etganlikda ayblanmoqda

Shaxmatchi Garri Kasparov davlat to‘ntarishini tayyorlashda ishtirok etganlikda ayblanmoqda

Baho:
+ | -

Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov Janubiy Sudanda davlat to‘ntarishini tayyorlash va qurol savdosiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, grossmeyster Janubiy Sudan davlatida hokimiyatni ag‘darish uchun mo‘ljallangan qurollarni xarid qilishga aloqador bo‘lgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, u janubiy sudanlik inqilobchi Piter Ajakni Uoll-strit moliyachisi Robert Graneri bilan uchrashtirib, natijada Kalashnikov avtomatlari, granatalar va Stinger zenit-raketa tizimlari uchun yetti million dollar ajratilishiga erishgan.

Jurnalistlar Kasparovdan ushbu ma’lumotlarni sharhlashni so‘rashgan. U esa qurolli davlat to‘ntarishiga urinishga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.

“Mening obro‘yim va tamoyillarim aniq va o‘zgarmasdir. Men hayotimning katta qismini fuqarolik huquqlari uchun kurash va butun dunyo bo‘ylab demokratiyani targ‘ib qilishga bag‘ishlaganman”, dedi Garri Kasparov.

Garri Kasparov — SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni.U 2005 yilda shaxmatchilik faoliyatini yakunlagan. Shundan buyon siyosat bilan shug‘ullanadi.

Rossiya Adliya vazirligi 2022 yilda Kasparovni xorijiy agent vazifasini bajaruvchi jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritgan. Xorijiy moliyalashtirish manbalari sifatida Ukraina va Human Rights Foundation tashkiloti ko‘rsatilgan.

2024 yil mart oyida Kasparov “Rosfinmonitoring”ning terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu safar u ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqadorligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shilgan. 24 aprelda esa Komi sudi Garri Kasparovni sirtdan qamoqqa olish haqida hukm chiqargan. Sud hukmiga ko‘ra, u terrorchilik jamiyatini tuzganlikda, unga rahbarlik qilganlikda, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirganlikda va uni ommaviy oqlaganlikda ayblangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:01, 27.06.2025.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.