Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Superliga. Qarshida markaziy o‘yin, “Dinamo” uchun Qo‘qonda yana bir sinov kutmoqda

Superliga. Qarshida markaziy o‘yin, “Dinamo” uchun Qo‘qonda yana bir sinov kutmoqda

Baho:
+ | -

Cuperligada 14-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Bugun turning markaziy bahsi Qarshida bo‘lib o‘tadi.

"Qo‘qon 1912" - "Dinamo"

Bu o‘yin ham qiziqarli kechadi. Har holda mezbonlar mag‘lubiyatlar ko‘chasidan chiqib keta olmayapti. “Nasaf”, “Paxtakor”, OKMK, “Mash’al”ga yutqazib qo‘ydi. O‘zbekiston kubogida “Bunyodkor”ga imkoniyat boy berildi. Qisqasi, jamoaning ishlari hozircha yaxshi emas. Bugun yana yutqazadigan bo‘lsa, murabbiylar shtabida o‘zgarishlar kuzatilsa kerak. Har holda jamoa ishqibozlari hozirgi natijalardan xursand emas.

O‘tgan turda mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilgan “Dinamo”da hech narsa o‘zgargani yo‘q. Samarqandliklar birgina omadsizlikdan tushkunlikka tushib qolmasa kerak. Vadim Abramov yaxshi mutaxassis va qiyin holatda ham jamoani vaziyatdan olib chiqib keta olishini hamma yaxshi biladi. Bugungi o‘yinda samarqandliklar biroz ustunlikka ega. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

"Nasaf" - "Paxtakor"

Turning balki eng kamida birinchi davraning eng markaziy o‘yinlaridan biri. Amaldagi chempion va peshqadam "Nasaf"da ishlar besh. Pastdagilarning qoqilishi evaziga jadvalda ham 6 ochkolik tafovut yuzaga keldi. “Paxtakor” qanchalik noqulay raqib bo‘lmasin, “ajdarlar” bugun g‘alaba qozonish uchun maydonga tushadi. Qolaversa, O‘zbekiston kubogida 6-3 hisobidagi mag‘lubiyat uchun qasos olishga harakat qiladi. Yana bir fakt shuki, Berdiyev shogirdlari o‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng hali mag‘lubiyatga uchrganicha yo‘q.

"Paxtakor" sekin-astalik bilan o‘ziga kelyapti. Tojiyev murabbiylikka tayinlanganidan keyin oxirgi 6 bahsda faqat 1 durang qayd etildi. Qolgan o‘yinlarda “sherlar” yaxshi va mazmunli o‘yin ko‘rsatib, turnir jadvalidagi holatini ham yaxshilab olishdi. Qisqasi, Qarshida dramatik jang kechishiga hech qanday shubha yo‘q. Qolganini tez orada bilib olamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:37, 27.06.2025.
O'qildi: 1167 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик