Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

«Uch futbolchimiz safdan chiqdi...» - Vadim Abramov chempionlik kurashi, chetlatish, jarohatlar va «Neftchi» hamda «Nasaf» bilan o‘yin haqida

«Uch futbolchimiz safdan chiqdi...» - Vadim Abramov chempionlik kurashi, chetlatish, jarohatlar va «Neftchi» hamda «Nasaf» bilan o‘yin haqida

Baho:
+ | -

«Qo‘qon-1912» — «Dinamo» (2:3) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

— Vadim Karlenovich, avvalo o‘yin haqida gapirsangiz...
— Nima deyish mumkin, qiyin uchrashuvni o‘tkazdik. Ayniqsa, birinchi bo‘limni juda yomon boshladik va gol o‘tkazdik. Keyinchalik omadimiz kelib, ikkita gol urib oldik. Hammasi yaxshi bo‘lib turgan paytda esa referi o‘yinga aralashdi va bilmadim, qanaqasiga bu vaziyatda so‘nggi umid foli sifatida qizil kartochka berganini tushunmadim. O‘sha nuqtadan gol ham urib bo‘lmasdi, axir. Qo‘shimchasiga o‘sha vaziyatda to‘p raqiblardan maydon tashqarisiga chiqib ketgan va biz autdan to‘pni o‘yinga kiritishimiz kerak edi. VAR hakamni o‘ziga chiqardi, lekin to‘p qayerga ketganini ko‘rishmadi ham. Endi muammomiz yanada kattalashdi – uch futbolchimiz safdan chiqdi. Oldinda esa bizni «Neftchi» va «Nasaf»ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.

— Superligada seleksionerlar yaxshi ishlamayotgandek. Sizni esa yaxshi seleksioner deb bilamiz. Hozirgi aksariyat seleksionerlarning shunchaki nomi bor, lekin tayinli ish qilmayotgandek...
— Fikrimcha, bu katta muammo emas. Seleksiya ishlarini oldin futbol o‘ynagan sobiq futbolchilar olib borgani yaxshiroq. Buning uchun ham iqtidor kerak. Bu holatni gapirish men uchun qiyin. Yaxshi sobiq futbolchini topsangiz, u jamoaga bemalol yordam bera oladi. Ishlash kerak.

— «Dinamo» chempionlik uchun kurasha oladimi? Jamoaning bunga kuchi yetadimi?
— Bu haqda gapirish va taxmin qilishga erta. Kelajak haqida gapirib bo‘lmaydi. Aytganimdek, bugun asosiy tarkibning uch futbolchisi safdan chiqdi. Bizni oldinda birinchi davraning so‘nggi ikki o‘yini kutib turibdi. Bunday issiq havoda barchaga ham oson emas. Shu sababli chempionlik uchun kurash haqida sentyabr-oktyabr oyida gaplashish mumkin. Oldimizdagi ikki o‘yinda va bu bahslarda bor kuchimiz bilan o‘ynashimiz kerak. Agarda barchasi yaxshi bo‘lsa, nimadir deyish mumkin bo‘ladi. Hammasi natijalarga bog‘liq.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 00:02, 28.06.2025.
O'qildi: 2574 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.