Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn mavsum boshidan buyon 60 ta samarali harakatni amalga oshirdi

Keyn mavsum boshidan buyon 60 ta samarali harakatni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn 2024/25 yilgi mavsum boshidan buyon jamoasining 60 ta golida bevosita ishtirok etdi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finali doirasidagi "Flamengo"ga qarshi yakshanba kungi bahsda 31 yoshli futbolchi dubl qayd etdi va myunxenliklarning 4:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Endi hujumchining hisobida mavsum boshidan beri klub va terma jamoa safida 60 ta gol va samarali uzatma bor. Yulduzli angliyalik 48 marta o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 12 vaziyatda sheriklariga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" KO‘JCH chorak finalida Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi "PSJ"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 08:18, 30.06.2025.
O'qildi: 449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик