Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lautaro Martines "Inter" muxlislaridan uzr so‘radi

Lautaro Martines "Inter" muxlislaridan uzr so‘radi

Baho:
+ | -

"Inter" sardori Lautaro Martines jamoa klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng muxlislardan uzr so‘radi.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan 1/8 final uchrashuvida “neradzurrilar” “Fluminense”ga imkoniyatni boy berishdi (0:2).

"Biz issiqda, quruq maydonda o‘ynadik, ammo shartlar ikkala jamoa uchun ham bir xil edi. Muammo shundaki, biz turnirga ruhiy charchab, ba’zi futbolchilarsiz yetib keldik. Muxlislarimiz va bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan barcha odamlardan uzr so‘rayman. Endi kelasi mavsumni eng yaxshi tarzda boshlashimiz uchun dam olishimiz kerak", - dedi argentinalik hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, turnir boshlanishidan oldin "Inter" murabbiylik o‘zgarishini amalga oshirdi. Simone Indzagi "Al-Hilol"ga jo‘nab ketdi, uning o‘rnini esa Kristian Kivu egalladi.

Kiritildi: 04:28, 01.07.2025.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик