Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Martinelliga "Bavariya" va "An-Nasr" qiziqish bildirmoqda

Martinelliga "Bavariya" va "An-Nasr" qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Gabriel Martinelli "Bavariya" va "An-Nasr" e’tiborida bo‘lmoqda.

CBS Sports xabariga ko‘ra, "Arsenal" hujumning chap qanotida o‘ynaydigan yangi futbolchi sotib olishni maqsad qilgan, ammo Martinellini sotmoqchi emas.

24 yoshli braziliyalik futbolchiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, "An-Nasr" Martinellining nomzodini klub ichida muhokama qilgan, ammo rasmiy taklif bilan chiqmagan va hozirda uni tayyorlamayapti.

Futbolchining o‘ziga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, u faoliyatining hozirgi bosqichida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish haqida o‘ylamayapti. Gabriel JCH-2026da Braziliya terma jamoasidan o‘rin olishni maqsad qilgan.

Martinellining "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

APLning o‘tgan mavsumida vinger 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:17, 01.07.2025.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик