"Borussiya Dortmund" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida "Monterrey"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Dortmundliklar safida Seru Girassi dubl qayd etgan bo‘lsa, meksikaliklar safida Xerman Berterame gol muallifiga aylandi.
"Borussiya" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi va u yerda "Real" bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













