Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" "Real" yulduzi transferini orzu qilmoqda

"Arsenal" "Real" yulduzi transferini orzu qilmoqda

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo hamon Londonning "Arsenal" klubining ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi.

Bahordan beri "kanonirlar" "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida doimiy o‘ringa ega bo‘lmagan 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Seshanba kuni Xabi Alonso klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi o‘yinda ham braziliyalik futbolchini zaxirada qoldirdi.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, "Arsenal" Rodrigoni hujum qanotini kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblamoqda. Futbolchi yozda "Real"ni tark etishga tayyormi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum, ammo u KO‘JCH yakunlangach, Xabi Alonso bilan suhbatlashib, jamoadagi istiqbollariga oydinlik kiritadi. "Qirollik klubi" yulduzni 90 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:55, 02.07.2025.
O'qildi: 2750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик