Kirish Ro'yxatdan o'tish

Niko Uilyams «Barselona»ga o‘tishni tezlashtirish uchun ta’tilni qisqartirdi

Niko Uilyams «Barselona»ga o‘tishni tezlashtirish uchun ta’tilni qisqartirdi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berishicha, “Atletik” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Niko Uilyams “Barselona”ga o‘tishini tezroq yakunlash maqsadida ta’tilni qisqartirgan.

Manbaga ko‘ra, tovon puli to‘lanishi va muzokaralarning yakunlanishi juma kuni, 4-iyulga belgilangan. Katalon klubi Niko va uning agentini futbolchining ro‘yxatdan o‘tishi borasida hech qanday muammo bo‘lmasligiga ishontirishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq, “Barselona” va Niko Uilyams 6 yillik shartnoma va maosh shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida futbolchi vakillari kutilmaganda ro‘yxatdan o‘tish kafolatlari bilan bog‘liq qo‘shimcha shartlarni kontraktga kiritishni talab qilishgan. Bu esa klub rahbariyati uchun syurpriz bo‘lgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:35, 02.07.2025.
O'qildi: 2280 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик