"Real" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Xabi Alonso jamoaning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold haqida gapirdi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Yuventus"ga qarshi o‘yinda (1:0) Trent Gonsalo Garsiyaga golli uzatmani amalga oshirdi.
"Gonsaloga kesib uzatilgan uzatma - Trentning uslubi. U faoliyati davomida 500 ta shunday uzatmani amalga oshirgan. U uni juda ehtiyotkorlik bilan, kerakli nuqtada amalga oshirdi. Dribling uning fishkasi emas, shuning uchun bizga o‘ng tomondan qo‘shimcha oyoq kerak. Buning ustida ishlayapmiz. Trent uchun bu chaqiriq - u "Real"da deyarli tayyorgarliksiz o‘ynay boshladi. U keldi-yu, darhol o‘yinga tushdi. Hamma narsaga vaqt kerak," - dedi Alonso DAZN'ga.













