Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Futzal: O‘smirlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni

Futzal: O‘smirlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal federasiyasi yosh avlod vakillarini sportga jalb etish va ularning iqtidorini rivojlantirish bo‘yicha izchil harakat qilmoqda. Endilikda futzal nafaqat jismoniy faollik, balki yuksak maqsadlarga eltuvchi yo‘l sifatida qaralayapti.

Shu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan seleksiya mashg‘ulotlarining navbatdagisi bugun Jizzax shahrida bo‘lib o‘tdi. Uzoq-yaqin, misol uchun 70 km masofadagi Baxmal tumanidan, kelgan 50 dan ortiq yosh iqtidor egalari tanlovdan o‘tish uchun ikki guruhga bo‘lingan holda sinovlarda o‘z mahoratini namoyish qilish uchun maydonga tushishdi. Ularning harakatlarini O‘zbekiston o‘smirlar futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov diqqat bilan kuzatdi va mahalliy mutaxassislar bilan fikr almashgan holda istiqbolli nomzodlarni belgilab oldi.

Bu seleksiya oddiy saralash emas, balki respublika miqyosida iqtidorli yoshlar uchun ochilayotgan keng imkoniyatlar eshigidir. Tanlovda ishtirok etgan har bir o‘smir uchun mamlakat terma jamoalari darajasiga chiqish endi xayol emas — aniq maqsadga aylangan. Ishtirokchilar va ularning otalari ham murabbiylar tomonidan barcha ishtirokchilarga teng sharoit yaratilganini alohida e’tirof etishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Dakar (Senegal) shahrida o‘tadigan IV yozgi o‘smirlar Olimpiadasida O‘zbekiston futzal bo‘yicha ilk bor qatnashishi mumkin. Balki bugun aniqlangan yosh yulduzlar ertaga xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qilsa ajab emas.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 09:31, 03.07.2025.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.