Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etishga yaqin turibdi. Romapress nashrining xabar berishicha, futbolchi Turkiya Superligasi vakili “Istanbul Bashakshehir” bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

Manbaga ko‘ra, “Bashakshehir” “Roma” va Eldor bilan kelishuvga erishgan va transfer yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Futbolchi turk klubi safiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Transfer narxi hozircha ma’lum emas, biroq Skysports nashri xabariga ko‘ra, rimliklar hujumchini 7-8 million yevro atrofida sotishni maqsad qilgan.

“Roma” hozirda UYEFA moliyaviy feyr-pley talablari doirasida jamoa tarkibini optimallashtirish va qo‘shimcha mablag‘ yig‘ish ustida ish olib bormoqda. Shomurodovning ketishi bu jarayonda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Avvalroq Shomurodovga Fransiyaning “Renn” hamda Italiyaning “Kremoneze” klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Shomurodovning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

27 yoshli futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda “Roma” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:20, 03.07.2025.
O'qildi: 5099 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик