Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Portugaliya futbol federasiyasi Diogu Jota vafoti munosabati bilan bayonot berdi

Portugaliya futbol federasiyasi Diogu Jota vafoti munosabati bilan bayonot berdi

Baho:
+-1 | -

Portugaliya futbol federasiyasi “Liverpul” hujumchisi Diogu Jotaning vafoti haqidagi xabardan so‘ng qayg‘uli bayonot bilan chiqdi. Futbolchi avtohalokatda vafot etdi. Jota terma jamoa safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

“Portugaliya futbol federasiyasi va butun Portugaliya futbol jamoatchiligi bugun ertalab Ispaniyada Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning o‘limidan butunlay vayron bo‘ldi.

Diogu Jota nafaqat terma jamoada 50 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan fantastik futbolchi, balki u barcha jamoadoshlari va raqiblari tomonidan hurmat qilinadigan, jamoada yuqumli tabassum va avtoritetga ega bo‘lgan favqulodda shaxs edi.

Diogu va uning ukasi Andrening oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Portugaliya futbol federasiyasi allaqachon UEFAdan termamizning ayollar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniyaga qarshi o‘yini oldidan futbolchi xotirasini bir daqiqa sukut saqlashni so‘ragan.

Ikkita chempionni boy berdik. Diogu va Andre Silvaning o‘limi Portugaliya futboli uchun tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotish bo‘ldi va biz har kuni ularning merosini hurmat qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:22, 03.07.2025.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.