"So‘g‘diyona" yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda.
Mahoratli va tajribali himoyachi Sardor Rahmonov bilan bir yarim yillik mehnat shartnomasi imzolandi!
Ma’lumot uchun: Sardor Rahmonov professional faoliyati davomida quyidagi jamoalar safida o‘zini namoyon etgan:
▪️ Mash’al
▪️ Lokomotiv Toshkent
▪️ Neftchi Farg‘ona
▪️ Buxoro
▪️ OKMK
Shuningdek, Sardor Rahmonov O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalari — U19, U21 va U23 tarkibida ham ishtirok etgan.














