Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Lids" "Everton"ning sobiq hujumchisi xizmatidan voz kechdi

"Lids" "Everton"ning sobiq hujumchisi xizmatidan voz kechdi

Baho:
+ | -

"Lids" "Everton"ning sobiq hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin bo‘yicha taklifni rad etdi.

Kalvert-Lyuin "Everton" bilan to‘qqiz mavsum o‘tkazgan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaganidan so‘ng erkin agentga aylandi.

TalkSPORT xabariga ko‘ra, o‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan va hozirda Premyer-liga uchun mustahkamlovchilarni qidirayotgan "Lids" Dominikni taklif qilishga qiziqqan. Tomonlar iyun oyida muzokara olib borishgan.

Biroq, Kalvert-Lyuin juda yuqori maosh talab qildi, shuning uchun "Lids" 28 yoshli angliyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Ideal holda, Kalvert-Lyuin yevrokuboklarda o‘ynaydigan klubga o‘tishni xohlaydi.

Kiritildi: 15:27, 05.07.2025.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик