Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Diogu Jotaning eng yaqin do‘sti unga xayrlashuv maktubini yozdi

Diogu Jotaning eng yaqin do‘sti unga xayrlashuv maktubini yozdi

Baho:
+2 | -1

Avtohalokatda vafot etgan Diogu Jotaning hayotidagi eng yaqin do‘sti, Portugaliya terma jamoasi va "Al-Hilol" yarim himoyachisi Ruben Nevesh o‘z do‘stiga xayrlashuv maktubini yozdi.

"Ha, biz hech qachon hissiyotga beriluvchan odamlardan bo‘lmaganmiz, balki endi shunga biroz afsus qilayotgandirman. Lekin men sen uchun qanday qadrli bo‘lsam, sen ham men uchun shunday qadrli ekanligingni yaxshi bilasan. Sen men uchun do‘stdan ham ortiqsan — mening oilamsan. Hatto bizdan uzoqlarga ketgan bo‘lsang ham.

Bundan keyin ham terma jamoaga har kelganimda, men bilan bo‘lasan: stol atrofida, avtobusda, samolyotda… Har doim yonimda, har doim qalbimda, avval qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday qoladi. Biz yana kulishda, rejalar tuzishda, hamma narsalar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz. Sen hayotimning bir bo‘lagi bo‘lishing uchun qo‘limdan kelganini qilaman, sening yaqinlaring yaxshi bo‘lishlari uchun ham qayg‘uraman.

Hayot bizlarni to‘qnashtirdi, endi hech narsa bizlarni ajrata olmaydi. Biz allaqachon juda ko‘p narsalarga erishdik, va bilaman — oldindagi yo‘limiz bundan ham kattaroq bo‘ladi. Bugundan boshlab sen doimo men bilan birga maydonga chiqasan. Va biz davom etamiz — hammasi boshlangan joydan.

Seni yaxshi ko‘raman", - deb yozdi Nevesh o‘z Instagram sahifasida.

Kiritildi: 17:35, 05.07.2025.
O'qildi: 2749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик