Parijning "PSJ" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike vinger Bredli Barkola atrofidagi vaziyatga izoh berdi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi jamoada qoladi.
"U biz bilan qolishiga shubha qilmayman. U biz ishongan yosh o‘yinchilardan biri. Men uning bu yerda yana ko‘p yillar o‘ynashini kutmoqdaman," - dedi murabbiy.
Avvalroq, Barkolaga "Bavariya" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Shunga qaramay, "PSJ" istiqbolli futbolchini saqlab qolmoqchi. 2024/25 yilgi mavsumda Barkola klub safida 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













