Angliyaning "Nottingem Forest" klubi "Botafogo" a’zosi Igor Jezus bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lumot berilgan.
Jezus yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. U o‘tmishda "Koritiba" va BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoalarida ham o‘ynagan. Uning hisobida Braziliya terma jamoasi safida 4 ta o‘yin va 1 ta gol bor.
Bozor narxi 15 million yevroga baholanayotgan 24 yoshli futbolchi so‘nggi mavsumda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













