Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay - Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 AQSh - Belgiya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

"Barselona" yangilangan "Kamp Nou"ni namoyish qildi (video)

"Barselona" yangilangan "Kamp Nou"ni namoyish qildi (video)

Baho:
+11 | -

"Barselona" matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda klubning ikki yildan ortiq rekonstruksiya qilinayotgan tarixiy "Kamp Nou" arenasidan olingan videoni e’lon qildi.

Videodan ko‘rinib turibdiki, qurilish kranlari hamon stadion ustida osilib turganiga qaramay, arena o‘yinlarni qabul qilishga deyarli tayyor.

"Stadion jihozlash bosqichida", — deyiladi video ostidagi izohda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida "ko‘k-anorranglilar" 2025 yilning 10 avgustida o‘z stadioniga qaytishini rasman e’lon qilgandi. "Kamp Nou" 2023 yilning yozida rekonstruksiya qilish uchun yopilgandi. O‘tgan mavsumda "Barselona" o‘z uy uchrashuvlarini "Olimpik Lyuis Kompani" stadionida o‘tkazdi.

2024/2025 yilgi mavsumda kataloniyaliklar "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirib, Ispaniya chempioniga aylanishdi. "Ko‘k-anorranglilar" finalda ham "qaymoqranglilar"ni mag‘lub etib mamlakat kubogi sohibiga aylanishdi.

 

Kiritildi: 21:46, 05.07.2025.
O'qildi: 4915 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик