Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi katta qiyinchilik bilan Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi katta qiyinchilik bilan Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan "F" guurhi o‘yinlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Nepalga qarshi hal qiluvchi bahsni o‘tkazdi.

Har ikki jamoa dastlabki 2 ta turda o‘z raqiblarini yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lib, to‘plar farqi ham bir xil edi — 17-0.

Vakillarimiz muhim o‘yinni juda yaxshi boshlashdi va 10-daqiqaga kelib 2 ta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olishdi. 24-daqiqada esa raqibning olis masofadan yo‘llagan uncha kuchli bo‘lmagan zarbasini darvozabonimiz Jonimqulova qayta olmadi. 39-daqiqada Maftuna Shoyimova penaltidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni yana ikkitaga oshirdi.

Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda biz uchun yoqimli hodisa ro‘y berdi. Nozimaxon Ergasheva ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

Nepalliklar 70 va 71-daqiqalarda ikkita gol urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Qizlarimiz qolgan daqiqalarda durangni saqlab qolishdi. Natijada, reglamentga ko‘ra, ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lib qolgan ikki jamoa so‘nggi turda o‘zaro to‘qnash kelgani uchun penaltilar seriyasida yo‘llanmasi sohibi aniqlandi. Unda omad O‘zbekiston tomonida bo‘ldi. Nepallik birinchi futbolchi darvozasi ustunini nishonga olgan bo‘lsa, so‘nggi zarbani Jonimqulova qaytardi. Bizning 4 o‘yinchi esa zarbani golga aylantirdi. Penaltilar seriyasi — 4:3.

Shu tariqa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Osiyo kubogi saralash. "F" guruhi, 3-tur
O‘ZBEKISTON - NEPAL - 3:3 (asosiy vaqt)
Gollar: Diyoraxon Habibullayeva (3), Lyudmila Karachik (10), Maftuna Shoyimova (39) — Sabitra Bhandari (24, 71)
Chetlatish: Nozimaxon Ergasheva (45+4)
Penaltilar seriyasi — 4:3

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:04, 05.07.2025.
O'qildi: 1940 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик