Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi davrada o‘zimizni ko‘rsatib, avvalgi maqomimizga qaytmasak bo‘lmaydi"

Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi davrada o‘zimizni ko‘rsatib, avvalgi maqomimizga qaytmasak bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Dastlab o‘yin haqida fikringiz?

— Oxirgi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmayotgandik, shu bois yigitlarda tushkunlik kayfiyati bor edi. Lekin bugun ushbu noxush seriyaga barham berib qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdik. Issiq ob-havo har ikki jamoaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

"Mash’al" jamoasini yaxshi bilamiz, tartibli o‘yin namoyishga harakat qiladi. Raqib bizga qarshi besh nafar himoyachi bilan o‘yinni boshladi, shunga qaramay standart vaziyatdan gol urishga erishdik. Bahs taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qilishimiz mumkin edi, chunki ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. Agar uchta imkoniyatdan bittasini urganimizda hammasi yanada osonroq bo‘lardi.

Ikkinchi bo‘limda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Darvozabonimiz muqarrar goldan qutqardi. Endi qisqa tanaffusga chiqamiz va shundan so‘ng ikkinchi davraga hozirlikni boshlaymiz. Ikkinchi davrada o‘zimizni ko‘rsatib, avvalgi maqomimizga qaytmasak bo‘lmaydi. Hammasiga mehnat orqali erishishga harakat qilamiz.

— OKMKni hali ham chempionlikka da’vogar jamoa deb hisoblaysizmi?

— Bitta maqol bor: osilsang baland dorga osil. Biz ham shunga harakat qilamiz. Men qayerda ishlashimdan qat’iy nazar doim yuqori maqsadlarni qo‘yganman.

— Bilamizki, 2005 yil futbolchilik faoliyatingizni aynan "Mash’al"da tugatib, shu yerda murabbiylikni boshlagan edingiz. O‘shanda nega aynan "Mash’al"ni tanlagansiz?

— Bu voqeaga ham 20 yil bo‘pti. Endi eslaydigan bo‘lsam, o‘sha yillari "Mash’al"dan taklif bo‘lgandi. Ko‘proq futbol o‘ynashni xohlagandim, ammo taqdir taqozosi bilan 35 yoshda tugatishga majbur bo‘lganman. Faoliyatimni O‘zbekistonda tugatishni xohlaganman. Futbolga nihoyatda qiziquvchi kishilar meni "Mash’al"ga chaqirishgandi. O‘sha yil "Mash’al" chempionatni ikkinchi o‘rinda tugatgan. Muborakda uch yil yilni o‘tkazdim va bu men uchun katta tajriba bo‘lgan deya olaman.

— "Bunyodkor"da yaponiyalik Sato bilan ishlagansiz. OKMKda ham ikki nafar yapon legioneri bor. Buning sababi nimada?

— Men faqat yaponiyalik futbolchilarga bog‘lanib qolgan emasman. Kimning o‘yini yoqsa, o‘shani taklif etamiz. Ya’ni legioner bu o‘rinda yapon bo‘lishi shart emas. Faqat shuni aytishim mumkin, yaponiyaliklar o‘zini doim yaxshi tutadi, intizomi ham joyida. Ko‘rsatmalarni ham bajarishadi.

— Sizga o‘xshab jarima zarbalarini qoyilmaqom darajada amalga oshiradigan futbolchilar chiqmay qo‘ydi. Bu haqda nima deya olasiz?

— Endi Alloh bergan iqtidor ham bo‘lishi kerak. Ammo iqtidorim yo‘q ekan deb qarab turish ham noto‘g‘ri. Futbolchi baribir ishlashi kerak. Buning ham o‘ziga yarasha mehnati bor. O‘xshamasa ham ishlayverish kerak. Rossiyaga ketganimda Gadji Muslimovich Gadjiyev men bilan jarimalar ustida ko‘p ishlardi. U kishidan ko‘p narsa o‘rganganman. Koptogimiz unchalik zo‘r bo‘lmagan. Hozirgi to‘plar bilan nimalar qilsa bo‘ladi-ya.

Manba: https://t.me/Mashal_uzbekistan
Kiritildi: 08:50, 06.07.2025.
O'qildi: 1082 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.