Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kroos: "Modrich jismonan avvalgiday emas, lekin u hech qachon o‘ziga xos mahoratini yo‘qotmaydi"

Kroos: "Modrich jismonan avvalgiday emas, lekin u hech qachon o‘ziga xos mahoratini yo‘qotmaydi"

Baho:
+ | -

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos "Los-Blankos"ning 39 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich yoshi katta bo‘lishiga qaramay, o‘zining noyob futbol fazilatlarini yo‘qotmasligini ta’kidladi.

"U hech qachon to‘p bilan o‘ynash qobiliyatini yo‘qotmaydi, bunga shubham yo‘q. Luka har doim o‘ziga xos futbolchi bo‘lgan. Ochig‘i, jismonan u avvalgidek emas, bu normal holat, u 40 yoshga yaqinlashib qoldi.

Shu boisdan so‘nggi yillarda u kamroq o‘ynay boshladi, bu ham normal holat. Biroq, Luka o‘ynashda davom etmoqda, u o‘zini yaxshi ushlab turadi va o‘z hissasini qo‘shadi. Menimcha, eng muhimi Modrich nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham futbolchilik hayotidan zavq oladi. Jamoa bilan birga bo‘lish, sayohat qilish, o‘ynash... U hech qachon oyoqlari qila oladigan mahoratni yo‘qotmaydi", - deydi Kroos.

Kiritildi: 15:53, 06.07.2025.
O'qildi: 1043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик