Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kamoliddin Tojiyev: "Yigitlar o‘z darajalarini to‘liq namoyish etishdi"

Kamoliddin Tojiyev: "Yigitlar o‘z darajalarini to‘liq namoyish etishdi"

Baho:
+ | -

"Navbahor" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yinda to‘liq ustunlik qildik. Juda ko‘p golli imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Ulardan foydalanishda oqsadik, lekin hujumkor va chiroyli futbol ko‘rsatdik. Har bir futbolchi o‘z darajasida o‘ynadi, ular terma jamoa saviyasidagi o‘yinchilar. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik. Vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarda mehnat qilamiz. Faqat shu yordam berishi mumkin. Biz chempionlik sari kurashishda davom etamiz. Jamoa ham buni istamoqda.

Ikkinchi davraga yaxshi hozirlik ko‘rishga intilamiz. Jismoniy jihat borasida yanada ko‘p mehnat qilamiz. Tarkibimizni kuchaytirish bo‘yicha ishlar avjida. Tez orada yangiliklarni bilib olasiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 07:01, 07.07.2025.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик