Kirish Ro'yxatdan o'tish

Runi "Barselona" bilan Osiyo bo‘ylab turnega yo‘l oladi

Runi "Barselona" bilan Osiyo bo‘ylab turnega yo‘l oladi

Baho:
+ | -

"Kopengagen"ning 19 yoshli vingeri Runi Bardagji "Barselona" futbolchisiga aylanadi. Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, shvesiyalik hujumchi "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasi bilan Osiyo turnesiga chiqadi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Bardagjini zudlik bilan asosiy tarkibga qo‘shish qaroriga "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va sport direktori Dekuning futbolchining imkoniyatlariga ishonish sabab bo‘lgan. "Kopengagen" va "Barselona" o‘rtasidagi kelishuv allaqachon kelishib olindi.

Qayd etilishicha, 19 yoshli iqtidor sohibining transferi haqidagi rasman e’lon keyingi haftada bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, futbolchi shartnoma imzolashdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tgan edi.

Kiritildi: 07:46, 07.07.2025.
O'qildi: 4824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик