Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi"ning yangi hujumchisi: "Maydonga tushishim bilanoq "Chelsi" muxlislarining muhabbati va qo‘llab-quvvatlashini his qildim"

"Chelsi"ning yangi hujumchisi: "Maydonga tushishim bilanoq "Chelsi" muxlislarining muhabbati va qo‘llab-quvvatlashini his qildim"

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Joao Pedro klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/4 finalida "Palmeyras"ga qarshi o‘yinda jamoa safida debyut qildi.

23 yoshli futbolchi 54-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va jamoasining g‘alaba qozonishiga yordam berdi (2:1). Bir necha kun oldin "ko‘klar" hujumchi "Brayton"dan transfer qilinganini rasman e’lon qilgandi.

"Men maydonga tushishim bilanoq "Chelsi" muxlislarining muhabbati va qo‘llab-quvvatlashini his qildim. Hech qanday bosimni his qilmadim, o‘zimni qulay his qildim. Men shunchaki top-klubda o‘ynash orzusini amalga oshirgan yigitman," - deya braziliyalikning so‘zlarini keltiradi "Chelsi" matbuot xizmati.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Enso Mareska jamoasi "Fluminense"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 07:16, 08.07.2025.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик