Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Manchester Yunayted" Onanaga yuqori narx belgiladi

"Manchester Yunayted" Onanaga yuqori narx belgiladi

Baho:
+-1 | -

"Manchester Yunayted" darvozabon Andre Onanaga narx belgiladi. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchidan qutulishni rejalashtirayotgan "qizil iblislar" Fransiyaning "Monako" klubi so‘rovidan so‘ng aniq narx belgilagan. U 41 million dollarni tashkil etdi. Ushbu talab monakoliklar uchun juda yuqori bo‘lib chiqdi va futbolchining o‘zi ham, avval xabar qilinganidek, karyerasini davom ettirishning ushbu variantini rad etdi.

Hozircha, shartnomasi 2028 yilda tugaydigan Onana klubda qolishi va 19 iyulga belgilangan "Lids"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. O‘tgan mavsumda 29 yoshli darvozabon barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning hisobida 11 ta "quruq" o‘yin bor.

Kiritildi: 08:40, 08.07.2025.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.