Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Yuventus" "Bayer" yetakchisiga qiziqib qoldi

"Yuventus" "Bayer" yetakchisiga qiziqib qoldi

Baho:
+ | -

Granit Jakning "Bayer"dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. "Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi yozda jamoani tark etishi mumkin.

Ilgari Jakaning ehtimoliy yangi klubi deb hisoblangan "Milan" oxir-oqibat "Real"dan Luka Modrichni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi. Biroq La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra endi shveysariyalik futbolchi uchun kurashga "Yuventus" ham qo‘shildi.

Garchi turinliklarning asosiy maqsadlari "Nyukasl"dan Sandro Tonali va "Inter"dan Davide Frattezi bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, ular bilan bitim tuzish oson bo‘lmaydi. Shu bois, "Yuventus" Jakaga e’tibor qaratishi mumkin. Ular "Bayer"ning 12-15 million yevrolik moliyaviy talablarini qondirishga tayyor. Nemislar 32 yoshli xavbekni qo‘ldan chiqarmoqchi emas, biroq Jaka yakunda ketishga qaror qilsa, xalaqit bermaydi.

Qo‘shimcha qilamizki, Jaka 2024/25 yilgi mavsumda "Bayer" safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:38, 08.07.2025.
O'qildi: 792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.