Kirish Ro'yxatdan o'tish

Teo Ernandes “Al-Hilol”ga o‘tishdan oldin qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Teo Ernandes “Al-Hilol”ga o‘tishdan oldin qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Milan”ning fransiyalik himoyachisi Teo Ernandes shu hafta Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, deya xabar beradi taniqli jurnalist va insayder Nikolo Skira.

Avvalroq "Milan" Ernandes uchun 25 million yevro olishi, Teoning o‘zi esa yaqin kunlarda u bilan shartnoma imzolashi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

O‘tgan mavsumda Ernandes barcha turnirlarda 49ta o‘yinda qatnashib, beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 09:42, 09.07.2025.
O'qildi: 514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик