Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Bavariya" ham "Real" yulduzini qo‘lga kiritmoqchi

"Bavariya" ham "Real" yulduzini qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+1 | -

Myunxenning "Bavariya" klubi "Real" vingeri Rodrigo Goesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va klubga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor. Bu haqda El Chiringuito jurnalisti Eduardo Inda xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lum qilishicha, futbolchiga Myunxen klubidan tashqari "Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, "Chelsi" Rodrigoning agenti bilan aloqaga chiqqan, ammo "Real"ga rasmiy taklif bilan chiqmagan.

"Qaymoqranglilar" rahbariyati esa 80 mln yevrodan kam bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo o‘tgan mavsum 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 09:46, 09.07.2025.
O'qildi: 2344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик