Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rinat Jumabayev: «Nodirbek Abdusattorov — Magnus Karlsen bilan faqat g‘alaba uchun o‘ynaydigan kam sonli shaxmatchilardan biri»

Rinat Jumabayev: «Nodirbek Abdusattorov — Magnus Karlsen bilan faqat g‘alaba uchun o‘ynaydigan kam sonli shaxmatchilardan biri»

Baho:
+ | -

Qozog‘istonning yetakchi shaxmatchisi Rinat Jumabayev yosh va iste’dodli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov haqida iliq fikr bildirdi:

“Men Nodirbekning shaxmatdagi shakllanishini boshidan kuzatganman. Yoshligidan u bilan Markaziy Osiyo va xalqaro musobaqalarda to‘qnash kelganmiz. Birinchi daqiqalardanoq uning yuragida faqat bitta maqsad — g‘alaba yashardi”.

Jumabayev, shuningdek, Nodirbekni bugungi zamonaviy shaxmatda eng jangovar va qat’iyatli shaxmatchilardan biri deb ta’rifladi:

“Agar Karuana – kurashni istaydigan jangovar shaxmatchi bo‘lsa, Nodirbek bu jihatdan undan ham oldinga chiqadi. U har bir partiyada faqat g‘alabani ko‘zlaydi. Karlsen bilan ham aynan g‘alaba uchun o‘ynaydigan kam sonli shaxmatchilar bor — ulardan biri Karuana bo‘lsa, ikkinchisi aynan Nodirbek”.

Tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan iqtidor: Abdusattorovning pozision bilimlari yuqori darajada. U tavakkal qilishdan, murakkab vaziyatlarga kirishdan cho‘chimaydi:

“Agar u partiyada keskin burilish yaqinlashayotganini sezsa – bemalol o‘sha yo‘ldan yuradi. U qo‘rqmaydi. U istalgan vaqtda "all-in" qilishga tayyor”.

Shaxmat tojiga da’vogar Jumabayev Nodirbekni shaxmat taxtining yangi egasiga aylanadigan eng real nomzodlardan biri deb biladi:

“Agar u da’vogarlar turniriga yo‘llanma olsa, finalga chiqish uchun juda katta imkoniyatga ega. Gukesh bilan bo‘ladigan ehtimoliy bahsda ham u autsayder bo‘lmaydi. Ular orasida doim keskin kurash bo‘ladi va Nodirbek uni tez-tez mag‘lub etadi. 2022 yilgi Olimpiadadagi hal qiluvchi o‘yin buni isbotlagan — aynan o‘sha g‘alaba O‘zbekistonni Olimpiada chempioniga aylantirgan edi”.

Manba: https://t.me/uzchess
Kiritildi: 12:08, 09.07.2025.
O'qildi: 1523 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик