Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

APL klubi "Lion" yulduzini qo‘lga kiritish uchun kurashdan chiqib ketdi

APL klubi "Lion" yulduzini qo‘lga kiritish uchun kurashdan chiqib ketdi

Baho:
+ | -

Jurnalist Sasha Tavolyerining ma’lum qilishicha, "Sanderlend" "Lion" hujumchisi Jorj Mikautadze uchun kurashdan chiqib ketadi. Ingliz klubi haqiqatan ham gruziyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istadi va hatto fransiyaliklarga murojaat qilib, transfer imkoniyatini muhokama qildi.

Biroq "Lion" belgilagan boshlang‘ich narx "qora mushuklar" uchun juda qimmatlik qildi. Tavolyeriga ko‘ra, "Sanderlend"ning hujumchi pozisiyasi uchun byudjeti 20 million yevroni tashkil etadi, "Lion" esa 30 milliondan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Yaqinda DNCG "Lion"ni Liga 2ga tushirish haqidagi qarorini bekor qilgani fransuz klubining mavqeini oshirdi. Garchi "to‘quvchilar" hali ham ushbu transfer oynasida sotuvlarga muhtoj va tejamkorlik sharoitida ishlayotgan bo‘lsa-da, ular endi quyi divizionga tushib ketish ehtimoli bo‘yicha bosimsiz muzokaralar olib borishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mikautadze 2024/25 yilgi mavsumda "Lion" safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 17:54, 10.07.2025.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик