Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Benfika" Feliksni "Chelsi"dan sotib olishga yaqin

"Benfika" Feliksni "Chelsi"dan sotib olishga yaqin

Baho:
+ | -

"Benfika" Joau Feliksni qaytarish ustida ish olib bormoqda.

Maisfutebolnashri ma’lumotlariga ko‘ra, lissabonliklar muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishgan va yaqin soatlar ichida "Chelsi" yarim himoyachisining transferini kelishib olishlariga ishonch hosil qilishgan. "Benfika" prezidenti Ruy Koshtaning futbolchi vakillari bilan uchrashuvidan so‘ng jarayon tezlashgan.

Dastlab "burgutlar" o‘z tarbiyalanuvchisini ijaraga olishni rejalashtirgan, ammo oxir-oqibat doimiy asosda transfer qilishga qaror qilishgan.

Shu bilan birga, "Benfika"dan Orkun Kekchyu ketishi kutilmoqda. Insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, Portugaliya klubi yarim himoyachini "Beshiktosh"ga 25+5 million yevro evaziga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga berishga rozi bo‘lgan.

Kiritildi: 05:40, 11.07.2025.
O'qildi: 1149 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик