Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

"Barselona" "Bavariya"ning ikki himoyachisiga qiziqmoqda

"Barselona" "Bavariya"ning ikki himoyachisiga qiziqmoqda

Baho:
+-1 | -1

"Barselona" "Bavariya" himoyachilari Kim Min Chje va Dayot Upamekanoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Filipp Kessler xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deku bu futbolchilarning kuchli tomonlarini yuqori baholaydi. Biroq Kataloniya klubi markaziy himoyachi Ronald Arauxo va yana bir qancha futbolchilar jamoani tark etsagina Kim va Upamekanoga da’vogarlik qiladi. Bunday vaziyatda "Barselona" yangi himoyachilarni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Upamekanoning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Kim Min Chjening amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

Kiritildi: 06:46, 11.07.2025.
O'qildi: 3309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.