Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Shveysariyalik futbolchi "Milan" va "Inter" o‘rtasida tanlov qildi

Shveysariyalik futbolchi "Milan" va "Inter" o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+ | -

Shveysariya terma jamoasi va Belgiyaning "Bryugge" klubi yarim himoyachisi Ardon Yashari "Inter"ga o‘tishdan bosh tortdi. Insayder Sasha Tavolyerining ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilishicha, 22 yoshli himoyachi faoliyatini "Milan"da davom ettirmoqchi.

Ardon Belgiya klubida o‘tgan yilning iyul oyidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Futbolchining bozor narxi 32 million yevroga baholanmoqda.

Belgiya oliy divizionining o‘tgan mavsumida yarim himoyachi 35 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yashari 3 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:20, 11.07.2025.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик